SAYYOR QABUL — FUQAROLAR MUROJAATLARIGA AMALIY YECHIM
2026-03-02 10:55:00 / Yangiliklar

Nurota tumani hokimi A. Fayziyev “Dehibaland” MFY joylashgan 7-umumta’lim maktabida tadbirkorlar, yoshlar, xotin-qizlar hamda aholi vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan mahalliy infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy soha hamda shaxsiy masalalarga oid turli murojaat, taklif va muammolar bildirildi. Bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi namunaviy mahalla sifatida tanlab olingan "Dehibaland" MFY hududida amalga oshiriladigan obodonlashtirish ishlari ham atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, ichki yo‘llarni asfaltlash, piyodalar yo‘laklari barpo etish, ko‘cha yoritgichlarini yangilash, yashil hududlar va bolalar maydonchalarini tashkil etish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.




