NUROTA TUMANI KICHIKSOY QISHLOG'I ENDILIKDA TURIZM QISHLOG'IGA AYLANTIRILADI
2026-02-28 14:35:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-58-sonli qaroriga muvofiq, Nurota tumanidagi Kichiksoy va Mushkan qishloqlarini turizm sohasiga ixtisoslashtirish belgilangan. Mazkur qaror asosida KICHIKSOY turizm qishlog'ini tashkil etish orqali hududning tarixini o'rganish, ekoturizm salohiyatini oshirish va sayyohlargaga zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish ko‘zda tutilgan.
Loyiha doirasida Kattasoy MFY hududidagi Kichiksoy qishlog'ida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Ichki yo'llar ta'mirlanadi, sayyohlar uchun dam olish hududlari hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilishi rejalashtirilgan.
Viloyat hokimi o'rinbosari Sa'dulla Mirzayev hamda turizm boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan PQ-58-sonli qaror ijrosini samarali ta’minlash maqsadida hududdagi turizm sohasida faoliyat olib borayotgan fuqarolar, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mazkur hududda joylashgandam olish maskanlarida sifatli turizm xizmatlarini tashkil etish, ekoturizm salohiyatini targ'ib etish orqali dam oluvchilarni hududga tashrifini oshirish, tarixiy qal'a va petrogliflarni qadimiyligini arxeologlar tomonidan o'rganish zarurligi ta’kidlandi.
Mas’ullar tomonidan tashkil etilgan dam olish maskanlarini qonunchilik talablariga muvofiq ravishda amalga oshirilishi, sayyohlarga sifatli hududning tarixi va madaniyatiga xos xizmat turlarini ko'rsatish zarurligi alohida qayd etildi. Shuningdek, har bir honadonda qo'shimcha xizmat turlarini tashkil qilish orqali aholi daromadlarini oshirish, bandligini ta'minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.




