YANGI TURAR-JOY MAJMUASINING QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
2026-02-28 14:10:00 / Yangiliklar

Nurota tumani hokimi A.Fayziyev Nurota tumanidagi Mustaqillik MFY hududida barpo etilayotgan "Mustaqillik Residence" zamonaviy turar-joy majmuasi qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Loyiha rahbari bilan suhbat davomida qurilish ishlarining amalga oshirish muddatlari hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilinib, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, qurilish sifati, xavfsizlik talablariga rioya etish hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur hududda jami 13 ta, har biri 1 yo‘lakli 5 qavatdan iborat, 260 xonadonli ko‘p kvartirali turar-joy binolari, shuningdek mahalla guzari va bolalar maydonchalarini qurish rejalashtirilgan.




