Payshanba — yoshlar kuni
2026-02-26 14:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda haftaning har "Payshanba — yoshlar kuni" munosabati bilan Nurota tuman hokimi Azamat Fayziyev, tuman prokurori N.Avazov hamda tuman IIB boshlig'i A.Rayxanov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlar bandligini ta’minlash, ularning startap va ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek yoshlar duch kelayotgan muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yechimlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlarning faolligini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.




