NUROTA TUMANI UCHUN MUHIM QAROR
2026-02-18 10:15:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish, tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, investisiyalarni jalb qilish, har bir tuman va shaharni ixtisosligidan kelib chiqib rivojlantirish, mavjud zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi daromadlarini oshirish va turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2026 yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 58-sonli qarori imzolandi.
Qaror asosida Nurota tumanida:
✔️ 2026 yil yakuniga qadar Nurota tumanidagi markaziy istirohat bog‘ida "Naqshlar va nurlar" milliy kashtachilik markazi quriladi.
✔️ "Chashma" ziyoratgohini "Naqshlar va nurlar" milliy kashtachilik markazi bilan bog‘lagan holda yagona turizm halqasi tashkil etiladi.
✔️ Yagona turizm halqasi doirasida hunarmandchilik, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish, sayyohlarning kamida bir kun tunab qolishini nazarda tutuvchi turistik marshrutlar ishlab chiqiladi.
✔️ Nurota tumanida granitni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarda tannarxni kamaytirish hamda qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 2026 yilda:
🟢 "Istiqlol" MFY hududidagi 50 gektar yer maydonida "Nurota granit parki" kichik sanoat zonasi tashkil etiladi.
🟢"Nurfaxr" MFY hududida 50 gektar yer maydonida granitni qayta ishlash klasteri tashkil etiladi.
🟢 "Istiqlol" MFY hududida pardozbop toshlar bozori tashkil etilib, ushbu bozorda Xitoy Xalq Respublikasining Nan’an shahri tajribasi asosida xomashyo va yarim tayyor pardozbop tosh mahsulotlarini qayta ishlash, savdoga chiqarish va eksport qilish tizimi joriy etiladi.



