PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
2026-02-05 15:35:00 / Yangiliklar

Nurota tumani hokimi A.Fayziyev hamda tuman IIB boshlig‘i A.Rayxanov ishtirokida tuman IIB XPB profilaktika (katta) inspektorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi, tumanda xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda profilaktika inspektorlarining mahallalarda olib borayotgan faoliyati tahlil qilindi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida nazoratsizlikning oldini olish, “Xavfsiz hudud” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar eshitildi.
Shuningdek, har bir mahallada ijtimoiy muammolarni aniqlash, fuqarolar bilan manzilli ishlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullar tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish, jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda tumanda barqaror va xavfsiz muhitni ta’minlash borasida tizimli ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.




