XITOYLIK INVESTORLAR BILAN MUZOKARA OLIB BORILDI
2026-01-15 15:35:00 / Yangiliklar

Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev Xitoy Xalq Respublikasining “China Energy” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv davomida tumanda barpo etilayotgan 300 megavatt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi va 150 MVt quvvatli energiya saqlash tizimini o‘z ichiga olgan yirik energetika majmuasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Muzokara davomida loyiha qurilish jarayonlari va bosqichlari, texnik-iqtisodiy yechimlar yuzasidan fikr almashilib, qurilish jarayonida mahalliy fuqarolarni mavsumiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha taklif va rejalar ko‘rib chiqildi.


