RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2025-12-25 15:15:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi A.Fayziyev, tuman prokurori N.Avazov hamda tuman IIB boshlig'i A.Rayxanov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktab va texnikumlarning bitiruvchi yoshlar shuningdek, probatsiya xizmati nazoratida bo‘lgan fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Uchrashuvda mas'ullar yoshlarning kasb-hunar egallashi va barkamol shaxslar bo‘lib ulg‘ayishi uchun mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Muloqot jarayonida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bildirilgan masalalarning ijrosi alohida nazoratga olindi.



