Nurotada “Yangi yil” shukuhi
2025-12-20 19:35:00 / Yangiliklar

Nurota tumani markazida joylashgan Amfiteatrda qad rostlagan Yangi yil archasi bayramona bezatilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashishga tayyor.
Yorqin chiroqlar, bayramona muhit va Yangi yil nafasi tumanga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.
Barcha tumandoshlar hamda mehmonlarni ushbu go‘zal bayramona manzaradan bahramand bo‘lish, Yangi yil archasi atrofida quvonchli damlar o‘tkazishga taklif etamiz!
Yangi yil barchamizga tinchlik, fayz-baraka va ezgu orzular olib kelsin!


