XITOY INVESTITSIYASI ASOSIDA NUROTADA GRANITNI QAYTA ISHLASH ZAVOD QURILMOQDA
2025-12-12 13:30:00 / Yangiliklar

Nurota tumani hokimi A. Fayziyev “Nurfaxr” mahallasida bunyod etilayotgan “Granitni qayta ishlash” zavodi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
🇨🇳 Mazkur loyiha Xitoyning “Shiji Jianfa Stone” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Umumiy qiymati 100 million AQSh dollariga teng bo‘lgan loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalar asosida granit mahsulotlarini qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi.
Tashrif davomida hokim tadbirkor bilan suhbatlashib, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda uchrayotgan muammolar va takliflarni o‘rganib chiqdi. Mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.



