Konstitutsiya kuni
2025-12-07 19:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum,
Hurmatli tumandoshlar!
Sizlarni xalqimiz huquq va erkinliklarini mustahkam kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.
Bugun yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan ushbu qutlug‘ sana Nurota tumanida ham «Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!» shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari orqali yanada ko‘tarinki ruh va tantanavor kayfiyat kasb etmoqda.
Asosiy Qonunimiz xalqimiz uchun erkin va farovon hayot asosini yaratib, jamiyatimiz rivojining mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillar – inson qadrini ulug‘lash, adolatni qaror toptirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash – bugungi islohotlarimizga aniq yo‘nalish ko‘rsatib bermoqda.
Nurota tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar ham mana shu tamoyillarning hayotiy ifodasidir.
Xususan, tumanda yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini boshlamoqda, ekoturizm va ziyorat turizmi salohiyati kengayib, yangi loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda, ta’lim va tibbiyot muassasalarida zamonaviy sharoitlar yaratilayotgani, qishloqlarni obodonlashtirish, yo‘llar, elektr va ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha ishlar jadal davom etayotgani bunga yaqqol misoldir.
Barcha ishlarimizdagi asosiy maqsad — inson qadrini yuksaltirish, xalqimiz turmush farovonligini oshirish va tumanimizni kelajak avlodlar uchun yanada ravnaq topgan, obod hududga aylantirishdan iborat.
Hurmatli nurotaliklar!
Ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan barchangizga sog‘lik-salomatlik, totuvlik, tinchlik va barokat tilayman. Xonadonlaringizda quvonch, yurtimizda farovonlik doimo hamroh bo‘lsin!
Bosh Qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi bayrami bilan qutlar ekanman, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilangizga tinchlik, ezgu ishlaringizga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!
