Nurota tumanida korrupsiyaga qarshi qatʼiy va tizimli kurash davom etmoqda
2025-12-05 09:10:00 / Majlislar

Tadbirda tuman hokimligining korrupsiyani barvaqt aniqlash, oldini olish va sabablari hamda sharoitlarini bartaraf etishga masʼul xodimi tomonidan tashkilot va muassasalarda korrupsiyaning oldini olish, xodimlar o‘rtasida halollik, shaffoflik hamda masʼuliyat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.
Seminar davomida tashkilotlarda faoliyatni ochiq va shaffof olib borish, korrupsiyaning xavf-xatarlarini aniqlash va bartaraf etish, sohada zamonaviy aksilkorrupsiya tizimlarini joriy etish, huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari hamda masʼuliyat choralari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari halol mehnat madaniyatini targʻib qilish va ochiqlik tamoyillariga qatʼiy rioya etish zarurligini taʼkidladilar.
Nurata tuman hokimligi korrupsiyaga qarshi kurashni davom ettirish, barcha tashkilotlarda shaffoflikni kuchaytirish va fuqarolarning ishonchini taʼminlash maqsadida amaliy choralarni jadallashtirishni davom ettiradi.





