TUMANIMIZ OʻQUV MARKAZLARIDA NIMA GAPLAR?
2025-12-04 14:10:00 / Yangiliklar

Nurota tumanida o‘quv markazlari uchun muhim taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Bugun Nurota tuman hokimi A.Fayziyev boshchiligida o‘quv markazlari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida:
Davlatimiz rahbari tomonidan xususiy ta’lim sohasiga yaratilayotgan imtiyozlar,
12–13-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur forum “2+6” dasturi hamda “Ko‘mak” loyihasi doirasida tashkil etilib,
o‘quv markazlari uchun hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashinish,
Yangi tashabbus va loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar yaratilishi bo`yicha tushunchalar berildi.




