APPARAT YIG'ILISHI
2025-12-02 13:30:00 / Majlislar

Nurota tumani hokimligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Nurota tumani hokimligi katta majlislar zalida hokim Azamat Fayziyev raisligida apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda daromadi past oilalarga biriktirilgan viloyat va tuman darajasidagi mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.
Kun tartibida bir qator dolzarb masalalar — kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 4-bosqich natijalari va 5-bosqich vazifalari, bitiruvchilar va migrantlar bilan ishlash jarayonlari, bog‘ va tokzorlar holati, sohaga oid chora-tadbirlar samaradorligi hamda investitsiya dasturlarining ijrosi muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida jarayonlar tahliliy va tanqidiy tarzda ko‘rib chiqilib,
aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarning hisoboti tinglandi. O‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsiz yondashgan mutasaddilarga nisbatan qat’iy ogohlantirishlar berildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish va aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



