NUROTA TUMANIDA 300 MVt QUVVATGA EGA “YASHIL” ELEKTR STANSIYASI QURILMOQDA
2025-12-03 15:35:00 / Yangiliklar

Nurota tumani hokimi A. Fayziyev Xitoy Xalq Respublikasining “China Energy” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv davomida tumanda barpo etilayotgan 300 megavatt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi va 150 MVt quvvatli energiya saqlash tizimini o‘z ichiga olgan yirik energetika majmuasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Muzokara davomida loyiha doirasidagi tayyorgarlik jarayonlari, qurilish bosqichlari, texnik-iqtisodiy yechimlar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda aholining bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib, qurilish jarayonida mahalliy fuqarolarni mavsumiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha taklif va rejalar ko‘rib chiqildi.
Mazkur loyiha Nurota tumanida qayta tiklanuvchi energiya ulushini sezilarli darajada oshirish, elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini mustahkamlash hamda hududning iqtisodiy-ijtimoiy rivojiga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.



