Kasbiy mahorat maydonida nurobodlik yoshlar bellashmoqda
2026-05-26 12:20:00 / Yangiliklar

Ayni vaqtda Nurobod tumani 1-son politexnikumida “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tanlov yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, iqtidorli hamda tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlovning ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari A.Ziyatov ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi. O‘z so‘zida bugungi kunda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida malakali, zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega yoshlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.
Ayni damda turli yo‘nalishlarda o‘z mahoratini namoyish etayotgan ishtirokchilar amaliy va nazariy sinovlarda faol qatnashmoqda. Tanlov jarayonlari adolat va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilib, eng munosib qatnashchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi.
Ta’kidlash joizki, ushbu tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni bunyodkorlik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash hamda bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Nurobodlik yoshlar esa o‘z bilim va mahorati bilan ushbu tanlovda faol ishtirok etmoqda.
