Har bir murojaat — bu inson qalbining ovozi
2026-05-01 16:00:00 / Yangiliklar

Ba’zan bir og‘iz murojaat ortida butun bir hayot hikoyasi, yillar davomida yig‘ilib kelgan muammo, umid va ishonch mujassam bo‘ladi. Bugun Nurobod tumanida o‘tkazilgan navbatdagi hokim qabuli ana shu insoniy kechinmalarni anglash, ularga yechim topish va ishonchni amalda oqlashga qaratilgan muhim muloqot maydoniga aylandi.
Tuman hokimi M.Buranov rahbarligida tashkil etilgan qabulda tuman prokurori J.Abdixakimov, tuman IIB boshlig‘i S.Sharipov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i M.Erkinov, hokim o‘rinbosarlari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari birgalikda ishtirok etdi. Eng muhimi, bu yig‘ilish rasmiyatchilikdan yiroq, ochiq va samimiy ruhda o‘tdi — bu yerda har bir fuqaro o‘z dardini bemalol ayta oldi, har bir savol javobsiz qolmadi.
Qabul davomida ko‘tarilgan masalalar esa bevosita hayot bilan bog‘liq: ijtimoiy himoya, tibbiy xizmatlar, bandlik va ish o‘rinlari, kadastr va mulk masalalari, gaz, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Har bir masala mutasaddilar ishtirokida joyida ko‘rib chiqildi, aniq muddatlar belgilandi, mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
