Fuqarolar murojaatlari — e’tiborda
2026-11-05 09:35:00 / Yangiliklar
Bugun Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Fuqarolar murojaatlari — e’tiborda
Bugun Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Unda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev hamda tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, moddiy yordam, yer va kadastr, qurilish hamda kommunal xizmatlarga oid murojaatlar bildirildi. Murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalarni hal qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash ishlari davom ettiriladi.
