Yoshlar bilan ishlash va bandlik masalalari tahlil qilindi
2026-10-20 10:10:00 / Yangiliklar
Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda hokim o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, bandlik bo‘limi rahbari hamda bank xodimlari qatnashdi.

Yig‘ilishda yoshlar bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikka jalb etish va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasidagi ishlar muhokama etildi.
Yakunda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.




