Nurafshonlik sportchilardan Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medal
2026-09-26 15:30:00 / Yangiliklar
Aichi-Nagoya – 2026 Osiyo o‘yinlari doirasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida Nurafshonlik sportchilar Artur Guliyev va Milana Dushev-Yanich munosib ishtirok etib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shishdi.

Medallarni tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Kanoe federatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ham ishtirok etdi.
Nurafshonlik sportchilarning xalqaro maydondagi ushbu muvaffaqiyati shahrimiz yoshlarining sportga bo‘lgan qiziqishi va salohiyati yuksalib borayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
❗️Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda yangi g‘alabalar tilaymiz!



