Nurafshonda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2026-09-14 17:55:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni mazmun-mohiyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 21-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 23-160-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik, xolislik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanmaslik hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi. Byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, davlat mulkini asrash hamda fuqarolar murojaatlarini qonuniy va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish muhimligi qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.



