To‘ytepa mahallasida sayyor qabul: murojaatlar nazoratga olindi
2026-09-24 19:05:00 / Yangiliklar
Bugun Nurafshon shahar “To‘ytepa” MFY binosida aholining murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, Nurafshon shahar Kengashi deputatlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, moddiy yordam, yer va kadastr, qurilish, kommunal xizmatlar hamda infratuzilmaga oid qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
✔️Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi. Qabul jarayonining o‘zida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan ayrim masalalar ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul tashkilot va mutasaddilarga biriktirildi.
Shuningdek, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilanib, murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va ijrosi ta’minlanishi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
❗️Bunday sayyor qabullar aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joyida o‘rganish, ularning amaliy yechimini ta’minlash hamda fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda.



