Fuqarolar masalalari bo‘yicha navbatdagi qabul
2026-09-17 14:05:00 / Yangiliklar
Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabul tashkil etildi.

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida bo'lib o'tgan ushbu qabulda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda boshqa masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni hal etish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlariga e’tibor, muammolarga amaliy yondashuv va natijadorlik — aholi bilan ishlashda asosiy mezon sifatida belgilanmoqda.





