YOSHLAR BILAN MULOQOT: MUAMMOGA — YECHIM, TASHABBUSGA — KO‘MAK
2026-09-03 19:35:00 / Yangiliklar

Muloqotda shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar IIB boshlig‘i Azizjon Yuldashev, shahar prokurori To‘lqin Karimov hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy e’tibori yoshlarni qiynayotgan masalalarni shunchaki tinglash emas, balki har bir murojaat bo‘yicha aniq chora belgilashga qaratildi.
Yoshlar tomonidan tadbirkorlikni boshlash, mavjud faoliyatni kengaytirish, ishga joylashish, kasb o‘rganish, moliyaviy ko‘mak va imtiyozlardan foydalanish kabi qator masalalar ko‘tarildi.
Murojaatlar tegishli mutasaddilar bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar yuzasidan joyida zarur topshiriqlar berildi. Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
❗️Muhimi, har bir murojaat — e’tiborda, har bir tashabbus — qo‘llab-quvvatlovda.
Bunday uchrashuvlar yoshlar va mas’ullar o‘rtasidagi bevosita muloqotni mustahkamlab, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish imkonini bermoqda.





