Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida bayram tadbiri o‘tkazildi
2026-08-29 16:10:00 / Yangiliklar
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tibbiyot birlashmasi rahbari M.M. Peltabayeva ochib berdi.
Tadbir davomida tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kam ta’minlangan va yolg‘iz ayollar oilalaridan bo‘lgan 50 nafar farzandiga kasaba uyushmasi tomonidan o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.
Shuningdek, Olmaliq shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan Gimnastrada musobaqasida faol ishtirok etgan 10 nafar hamshiraga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi
Tadbir yakunida barcha tibbiyot xodimlari Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etildi. Bayramona kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.



