Nurafshon shahrida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
2026-09-02 15:20:00 / Yangiliklar
Nurafshon shahrida aholi murojaatlarini bevosita o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulga Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchilik qildi. Unda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, hokim o‘rinbosarlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilot hamda korxonalar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
💠Muloqot davomida fuqarolar tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, yo‘l va infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda boshqa yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
✔️Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, mas’ullarga muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar berildi. Yechimi bevosita joyida ta’minlanishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
✔️Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar aholining murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarni ortga surmasdan hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.









