Ayollar e’zozlangan yurtda qadriyatlar barhayot
2026-08-15 17:10:00 / Yangiliklar

Unda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari Nodira Djumanova, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahar bo'limi boshlig'i Zulfiya Maqsudova, mahalla xotin-qizlari, “Buvijonlar maktabi” a’zolari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.
🔘Tadbir davomida yosh avlodni tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, kattalarni e’zozlash, milliy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔘Xususan, xalqimizning qadimiy urf-odatlaridan bo‘lgan “kelin salom”, “o‘sma qo‘yish” va “alla” udumlari amaliy tarzda namoyish etilib, ularning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati hamda milliy an’analarimizdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.
Tadbirning badiiy qismida kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar ijro etildi. Yoshlarning milliy qadriyatlar, odob-axloq va ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmatini ifodalovchi chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
✔️Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, onalarning hayotiy tajribasini yosh avlodga yetkazish hamda mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.







