Respublika ishchi guruhi Nurafshon mahallalarida o‘rganishlar olib bormoqda
2026-08-05 17:45:00 / Yangiliklar
Habaringiz bor (https://t.me/Nurafshonpressa/60778), Respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatida olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Nurafshon shahri mahallalarida ham o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar Obod turmush, Muqumiy va Navro‘z mahallalarida olib borilib, yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar infratuzilmalari faoliyati hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, joylarda mavjud muammo va takliflar o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Respublika ishchi guruhining Nurafshon shahridagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.





