Tadbirkorlik istagidagi yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-07-30 14:05:00 / Yangiliklar

Bugun ham Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov, shahar prokurori o‘rinbosari S. Yuldashev hamda shahar IIB JXX boshlig‘i S.Kubekbayevlar ishtirokida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🔴Muloqot avvalida shahar hokimi Q. Xamdamov uchrashuvning asosiy maqsadi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tinglash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etishdan iborat ekanini ta’kidladi.
Uchrashuvda bank rahbar va xodimlari, faol yoshlar, yoshlar yetakchilari hamda tegishli soha mas’ullari ishtirok etdi.
❗️Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, moliyaviy ko‘mak olish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan qator taklif va tashabbuslar bildirildi. Yoshlarning murojaat va takliflarini o‘rganish, ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan bank xodimlari va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






