Mahalla yettiligi xalq oldida hisobot bermoqda
2026-07-09 19:55:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi Nurafshon shahar boʻlimi boshligʻi Z. Maxsudova boshchiligida "Birlik", "Hurriyat", "Oppoq", "Maʼrifat", "Taraqqiyot", "Obod turmush" hamda "Dehqonobod" mahallalarida Mahalla kengashining navbatdagi yigʻilishlari oʻtkazilib, mahalla yettiligi tomonidan 2026-yilning oʻtgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq oldida hisobot berildi.

Yigʻilishlarda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar, Mahalla kengashlari aʼzolari, mahalla faollari hamda nuroniylar ishtirok etdilar.
🔹Hisobotlarda aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishlarida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar muhokama qilinib, yilning ikkinchi yarmida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✔️Yigʻilish yakunida mahalla faollari va nuroniylar tomonidan bildirilgan takliflar asosida mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.







