“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davom etmoqda
2026-07-09 13:05:00 / Yangiliklar
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Nurafshon shahri hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi reyd tadbirlari izchil olib borilmoqda.

Reydlar davomida jamoat joylari, ko‘ngilochar maskanlar va aholi gavjum hududlarda profilaktik nazorat ishlari amalga oshirilib, qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.
Mazkur tadbirlar fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.





