30-iyun – Yoshlar kuni
2026-07-01 09:20:00 / Yangiliklar
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan mahallalarda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta'minlash hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo'lida fidokorona mehnat qilayotgan yoshlar yetakchilari e'tirof etildi.

✅ Tadbir davomida o'zining tashabbuskorligi, mas'uliyati va samarali faoliyati bilan ajralib turgan yoshlar yetakchilariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.
❕Bildirilgan e'tibor va e'tirof yoshlar yetakchilarini yanada faol ishlashga, mahallalarda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish yo'lidagi sa'y-harakatlarini davom ettirishga xizmat qiladi.