TANISHING: NURAFSHONNING OLTIN AVLODLARI
2026-06-30 13:45:00 / Yangiliklar

Artur Guliyev baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining yetakchi sportchilaridan biri sifatida ko'plab nufuzli xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Uning jahon va Osiyo chempionatlaridagi g'alabalari, Jahon kubogidagi muvaffaqiyatlari hamda xalqaro arenadagi yorqin natijalari yurtimiz sporti tarixida munosib o'rin egallagan.
✅ Bunday yuksak natijalar, avvalo, mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yoshlarni jismonan va ma'nan barkamol etib voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samarasidir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash hamda ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bugun o'zining amaliy natijasini bermoqda.
Artur Guliyev ana shunday imkoniyatlardan samarali foydalangan, tinimsiz mehnat, qat'iyat va fidoyilik orqali yuksak marralarni zabt etgan Nurafshonning oltin avlod vakillaridan biridir.
Aziz Nurafshon yoshlari! Har bir yirik g'alaba orqasida mehnat, intilish va o'z ustida ishlash yotadi. Siz uchun ham bugun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bilim oling, sport bilan shug'ullaning, iste'dodingizni rivojlantiring va oldingizga ulkan maqsadlar qo'ying. Ishonamizki, ertaga xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog'ini baland ko'taradigan navbatdagi chempion aynan siz bo'lasiz!
