NURAFSHON SHAHRIDA “XAVFSIZ VA SOGʻLOM YURT” KOMPLEKS TEZKOR-PROFILAKTIK TADBIRLARI DOIRASIDA KENG QAMROVLI NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2026-07-09 09:15:00 / Yangiliklar
“Xavfsiz va sogʻlom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Nurafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Yuldashev rahbarligida shaxsiy tarkib ishtirokida xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Hududda oylik doirasida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib boriloqda. Jumladan, Nurafshon shahar MvaPB xodimlari hamda HPB xodimlari bilan hamkorlikda shahardagi qurilish obyektlarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Tekshiruvlar davomida mehnat faoliyati, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda hududlarda jamoat tartibini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tungi vaqtda xizmat olib borayotgan avtoekipajlar faoliyati ko‘zdan kechirilib, xodimlarning xizmatni olib borish sifati, hushyorligi va xizmat intizomi joyiga chiqqan holda tekshirildi.
Bundan tashqari, "Ishonch" tungi xizmati faoliyati ham nazorat qilinib, mas’ul xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Kompleks tadbirlar doirasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi reydlar, fuqarolar o‘rtasida noqonuniy olib yurilishi taqiqlangan sovuq jismlarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ham olib borildi.
Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!
Yurtimiz tinchligi, mahallalarimiz osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash barchamizning umumiy masʼuliyatimizdir. Shu bois, “Xavfsiz va sogʻlom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari davomida sizlarni huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, shubhali holatlar haqida o‘z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish hamda ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib, yurtimiz tinchligi va xavfsizligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshishga chorlaymiz.





