Yoshlar bilan yuzma-yuz: muloqot, tashabbus va e’tirof
2026-06-25 19:20:00 / Yangiliklar
Davlat rahbari tashabbusi bilan payshanba — “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan buyon Nurafshon shahrida yoshlar bilan ochiq muloqotlar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Har haftada aniq reja asosida o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun ham Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda faol yoshlar, volontyorlar, sportchi yigit-qizlar, yoshlar yetakchilari hamda tegishli soha mas’ullari qatnashdi.
Muloqot avvalida shahar hokimi ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif hamda tashabbuslarini tinglash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yoshlar siyosati doirasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishdan iborat ekanini alohida ta’kidladi
Shuningdek, uchrashuvda volontyor va sportchi yoshlar tomonidan qator taklif va tashabbuslar ilgari surilib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida hududiy sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishib, g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar taqdirlanib, ularga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.






