Volontyor yoshlar tashabbuslari e’tibor markazida
2026-06-18 18:20:00 / Yangiliklar
Volontyor yoshlar tashabbuslari e’tibor markazida

Bugun ham Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev hamda shahar soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i J. Sayfiyevlar ishtirokida volontyor yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda shahardagi faol volontyor yoshlar, yoshlar yetakchilari hamda tegishli soha mas’ullari qatnashdi.
❕Uchrashuv avvalida shahar hokimi bu rasmiy tadbir emas, balki yoshlarning fikr-mulohazalari, tashabbuslari va takliflarini tinglashga qaratilgan samimiy muloqot ekanini alohida ta’kidladi.
Muloqot davomida volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy loyihalarga keng jalb etish, volontyorlar tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, volontyor yoshlar tomonidan qator taklif va tashabbuslar ilgari surilib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.




