"Dolzarb 90 kun" tadbirlarining dolzarb vazifalari belgilab berildi
2026-06-11 13:45:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda yozgi ta’til davomida ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan to‘garaklar, sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va intellektual o‘yinlarni mazmunli hamda samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Har bir yosh toifasi uchun alohida dasturlar asosida tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, Nurafshon shahrida Yoshlar kuni tadbirlarini munosib o‘tkazish, yoshlar oyligi doirasida turli loyihalarni amalga oshirish hamda iqtidorli va faol yoshlarni rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lumot uchun, shahardagi 4-, 13- va 57-sonli umumta’lim maktablarida “Sog‘lomlashtirish maydonchalari” tashkil etilib, ularga 300 nafardan ortiq o‘quvchini qamrab olish rejalashtirilgan. Maydonchalarda haftaning har bir kuni alohida yo‘nalish asosida tashkil etilmoqda: teatr tomoshalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, kitobxonlik tadbirlari, vatanparvarlik uchrashuvlari, tarixiy maskanlarga ekskursiyalar hamda turli sport musobaqalari shular jumlasidandir.
Mazkur ishlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.






