Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish – ustuvor vazifa
2026-06-03 10:05:00 / Yangiliklar
Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan yaxlit va manzilli ishlash tizimini joriy etish bo‘yicha 2026-yil 5-yanvarda qabul qilingan PQ–1–2-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov “Yangiobod” mahallasida bo‘lib, hududdagi kriminogen vaziyatni o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahallada o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining texnik holati, ularning ishlash samaradorligi hamda qamrov darajasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar va tegishli topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash, aholi uchun tinch va osoyishta muhit yaratish hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish bundan buyon ham doimiy e’tibor markazida bo‘ladi.



