NURAFSHON SHAHRIDA DXX KUBOGI VILOYAT BOSQICHIGA QUR'A TASHLANDI!
2026-05-20 11:05:00 / Yangiliklar

Rasmiy marosim davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi:
Futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha viloyat bosqichida ishtirok etuvchi mahalla jamoalarining o‘zaro raqiblari aniqlandi;
Hakamlar brigadasi va maydonlarning shayligi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, Nurafshon shahar jamoasi “B” guruhidan joy oldi. Mazkur guruhda, shuningdek, Piskent tumani, Ohangaron tumani, Olmaliq shahri, Angren shahri hamda Bo‘ka tumani jamoalari ham ishtirok etadi.
Musobaqaning viloyat bosqichida shahrimiz sharafini katta futbol bo‘yicha “Obod turmush” mahalla jamoasi, mini futbol yo‘nalishida esa “Dehqonobod” mahalla jamoasi himoya qiladi. Nurafshonlik sportchi-yoshlarimizga bo‘lajak musobaqalarda omad va zafarlar tilaymiz! Yigitlarimizdan maydonda munosib ishtirok, chiroyli o‘yin va g‘alabalar kutib qolamiz. Nurafshon sharafini himoya qilayotgan jamoamizga kuch-g‘ayrat, birdamlik va ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!





