“Nurafshon shahar hokimi stipendiyasi” hamda “Ta’lim iftixori” mukofoti uchun nomzodlar saralanmoqda
2026-05-19 19:10:00 / Yangiliklar

Nurafshon shahar hokimining 2024-yil 30-sentabrdagi 242-10-213-Q/24-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida 2025–2026-o‘quv yili uchun eng namunali, tashabbuskor va iqtidorli o‘qituvchi hamda o‘quvchilarni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularning intilish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash bo‘yicha nomzodlar bugun maxsus komissiya tomonidan nizom asosida ko‘rib chiqildi.
Komissiya a’zolarining fikr va mulohazalari hamda nizom talablariga muvofiq, nomzodlarning hujjatlari, o‘qish davridagi faoliyati va erishgan yutuqlari atroflicha tahlil qilindi. Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, mazkur mukofot tizimi iqtidorli yoshlarni yanada yuksak natijalarga undashi, ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.





