Aholi murojaatlari tinglanib, muammolar bartaraf etilmoqda
2026-05-17 18:20:00 / Yangiliklar
Nurafshon shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A.Yuldashev tomonidan shahar aholisi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularga qonuniy yechim topish maqsadida sayyor tarzda qabul oʻtkazildi.

"Obod turmush" mahallasida bo‘lib o‘tgan qabulda mahalla fuqarolari oʻzlarini qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlari bilan yuzlanishdi.
Qatnashchilar tomonidan asosan huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini taʼminlash, yoʻl harakati xavfsizligi, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, ularning ayrimlari joyida hal etildi. Jumladan, ikki nafar ishsiz yoshning bandligini taʼmirlash bo‘yicha tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlar esa belgilab olindi.



