Eng ibratli oilalar taqdirlandi
2026-05-15 11:35:00 / Yangiliklar

Unda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Nilufar Normirzayeva hamda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, shahardagi 11 ta namunali oilaga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlarini tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlash jarayonida shahar faollari, nuroniylar, mahalla ahli hamda yosh oilalar qatnashib, jarayon ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, milliy an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik va ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
❕Shu bilan birga, mehmonlar uchun samimiy muloqot va iliq suhbatlar tashkil etildi, dasturxon yozildi. Yakunda ibratli oilalarning jamiyatdagi o‘rni hamda yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati alohida e’tirof etildi.





