Qizlar tarbiyasiga e’tibor — kelajakka e'tibor
2026-05-12 13:35:00 / Yangiliklar
Nurafshon shahridagi 9-umumta’lim maktabida o‘quvchi-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Unda shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, qizlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Suhbat davomida qizlarning jamiyatdagi o‘rni, bilim olishga bo‘lgan intilishi, kasb tanlashi va kelajakda munosib hayot qurishi borasida muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, erta turmush va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari, qizlar odobi, zo‘ravonlik va tazyiqlarning oldini olish mavzularida tushuntirishlar olib borildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, bu kabi uchrashuvlar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.



