“Yoshlar kuni”da — yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik tadbirlari
2026-04-30 17:10:00 / Yangiliklar

Xususan, Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida har hafta shahar yoshlari uchun mazmunli va manfaatli loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbuslar yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Jumladan, o‘tgan haftada bir guruh yoshlar uchun poytaxtimizning diqqatga sazovor maskanlariga sayohat uyushtirildi. Bugun esa shahar yoshlari uchun Chirchiq shahridagi harbiy qismga tashrif tashkil etilib, ular harbiylar hayoti, xizmat sharoitlari va harbiy intizom bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bunday tadbirlar orqali yigit-qizlarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlanib, Vatanga muhabbat, uni asrashdek sharafli burchga sadoqat va yuksak mas’uliyat hissi shakllantirilmoqda.
Shubhasiz, bu kabi amaliy va mazmunli tadbirlar yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutib, ularning kelajakda yetuk, vatanparvar va fidoyi insonlar bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladi. Ushbu tashabbuslar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.





