Nurafshon shahrida navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi
2026-04-23 17:25:00 / Yangiliklar
Qabul jarayonida Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, moddiy va tibbiy ko‘mak, bandlikni ta’minlash, kadastr masalalari, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda qurilish sohalariga oid murojaatlari batafsil tinglandi.
Qabul jarayonida bir qator murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa mas’ul idoralarga biriktirilib, ularning ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi hamda qat’iy nazoratga olindi.
Mazkur fuqarolar qabuli aholining muammolarini tizimli hal etish, ochiq muloqotni kuchaytirish hamda fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.





