Nurafshon shahrida sayyor sud majlisi bo'lib o'tdi
2026-04-23 17:25:00 / Yangiliklar

Sayyor sud davomida jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, uning jamiyat va oilaga yetkazadigan zararli ta’siri, shuningdek yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash va ularni huquqbuzarlikdan asrash bo‘yicha batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.
Sud jarayonida shahar Probatsiya guruhi tashabbusi bilan jazoni o‘tayotgan 9 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. Shuningdek, axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlagan 2 nafar mahkumning jazosi sud qaroriga asosan ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi.
Mazkur sayyor sud majlislari jarayonida jinoyatchilikka moyil bo‘lgan uyushmagan yoshlar ham ishtirok etib, ular jinoyatning muqarrar jazoga olib kelishi hamda uning salbiy oqibatlarini amalda ko‘rishdi va o‘zlari uchun tegishli xulosalar chiqardilar.
Bu kabi jarayonlar jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ishtirokchilar huquqbuzarlikning oqibatlarini bevosita anglab, zarur xulosalar chiqaradilar.





