Muloqot, murojaat va natija — yoshlar bilan ishlashda samarali tizim
2026-04-23 17:35:00 / Yangiliklar

Bugun ham Nurafshon shahar hokimligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda shahar hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov hamda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, ularni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar, muammo va murojaatlar atroflicha o‘rganildi.
🟣Ta’kidlash joizki, bunday ochiq muloqotlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Xususan, avvalgi uchrashuvlarda yoshlar tomonidan bildirilgan muzey va madaniy sayohatlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar qisqa fursatda amaliyotga joriy etildi. Natijada, bugungi muloqotdan so'ng bir guruh nurafshonlik yoshlar poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga yo'l olishdi.
✔️Xulosa qilib aytganda, Nurafshon shahrida yo‘lga qo‘yilgan “Rahbar va yoshlar” muloqotlari nafaqat muammolarni aniqlash, balki ularni tezkor hal etish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda samarali mexanizmga aylanmoqda.




