RASMIY MUNOSABAT
2026-04-23 17:25:00 / Rasmiy munosabat
Nurafshon shahrining “Navro‘z” mahallasida yashovchi fuqaro joriy yilning 17-aprel kuni oilaviy masala yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i nomiga murojaat bilan chiqqan.
Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan mazkur murojaat yuzasidan fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, tegishli sabablarga ko'ra (Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni (https://lex.uz/docs/-4396419) 14-moddasiga ko'ra batafsil ma'lumotlar oshkor qilinmadi) ushbu murojaatni hokimlikning murojaatlar bo'limiga topshirilishi tushuntirilganda fuqaro ushbu holatni noto‘g‘ri talqin qilgan va blogerlar orqali ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilingan.
Joriy yilning 21-aprel kuni fuqaroga belgilangan tartiblar yana bir bor tushuntirildi hamda murojaati hokimlikning Murojaatlar bo'limi tomonidan qabul qilinib, mas’ul mutasaddilarga o‘rganish va qonuniy chora ko‘rishi uchun yo'naltirildi.
Hozirgi kunda ushbu holat bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, holat tafsilotlari hamda barcha tomonlarning dalillari atroflicha o‘rganilmoqda. Mazkur masala yuzasidan qo‘shimcha axborotlar taqdim etiladi.
