Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov “Yangiobod” MFYda bo‘ldi
2026-04-22 17:35:00 / Yangiliklar

Mazkur qarorning 2.1-bandiga muvofiq, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarga biriktirilgan rahbarlar tomonidan joylarda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔂Shu munosabat bilan Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov o‘ziga biriktirilgan “Yangiobod” MFYda bo‘ldi. Uchrashuvda shahar IIB JXX boshlig‘i S.Kubekbaev, Mahallalar uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Z.Maxsudova, shahar hokimligi mas’ul xodimlari hamda mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirok etdi.
Tashrif davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.
🌀Shuningdek, 2026-yilning 1-choragi davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, aniqlangan muammolarning sabablari ko‘rib chiqildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Yig‘ilishda 2-chorakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan manzilli rejalar ishlab chiqilib, har bir mas’ulga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Xususan, profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
❕O‘rganishlar davomida “Ma’rifat”, “Nurafshon” va “Dehqonobod” mahallalarida ham bo‘lib, hududlardagi vaziyat tanqidiy tahlil qilindi hamda mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.





