Nurafshonda aholi bandligini ta’minlanmoqda
2026-04-21 17:25:00 / Yangiliklar
Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga jalb etish hamda ularning mavjud muammolarini tizimli ravishda hal etish maqsadida mehnat yarmarkalari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Bugun ham “Hurriyat” MFY binosida ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash hamda ularning mavjud muammolarini joyida hal etish maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari hamda Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
❕Mehnat yarmarkasida 12 ta korxona va tashkilot ishtirok etib, jami 214 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. Yarmarkada 28 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi. Natijada 1 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 3 nafar fuqaro esa kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi.



